Asosiy kontentga o'tish

Instagram biznes profilini qanday tayyorlash kerak

Biznes profilini tayyorlash to'rt qadamdan iborat: akkauntni biznes turiga o'tkazish, bio va aloqa tugmalarini to'ldirish, highlight bo'limlarini tuzish va Meta Business Suite'ga ulash. Bu ish bir soat oladi va reklamani ishga tushirishdan oldin albatta bajarilishi kerak.

Umirzoq MamatovOxirgi tekshiruv: 1 daqiqa o'qish

Akkauntni biznes turiga o'tkazing

Sozlamalar → Akkaunt turi → Biznes. Shundan keyingina statistika va reklama kabinetiga ulanish imkoni ochiladi.

Bio va aloqa tugmalarini to'ldiring

Bio nima qilishingizni bitta jumlada aytsin — "SMM agentligi" emas, "Restoran va kafelar uchun SMM". Telefon va Telegram tugmalarini qo'shing.

Highlight bo'limlarini tuzing

Kamida uchta: xizmatlar, natijalar, mijoz fikrlari. Bular yangi kelgan odam beradigan uchta savolga javob beradi.

Meta Business Suite'ga ulang

Reklama, statistika va xabarlar bitta joyda bo'ladi. Reklama kabinetini shaxsiy akkauntda emas, biznes menejerda oching — xodim almashsa, kirish yo'qolmaydi.

Umirzoq Mamatov

Marketing strategi

Meta Blueprint sertifikati. 40 dan ortiq loyiha. HORECA va e-commerce yo'nalishlarida ixtisoslashgan.

Savolingizga javob topmadingizmi?

Yozing — bir ish kuni ichida javob beramiz va kerak bo'lsa yangi maqola qo'shamiz.

Savol berish
Instagram biznes profilini qanday tayyorlash kerak | Umirzoq Mamatov